"AQLLI SHAHAR" ("RAQAMLI HUDUD")
DMED tizimi orqali shifokor qabuliga onlayn yozilish bo‘yicha qo’llanma:
Shifokor qabuliga endi navbat kutmang!
DMED tizimi orqali siz:
O‘zingizga qulay vaqtni tanlab, shifokor qabuliga onlayn yozilishingiz mumkin.
Uyda o‘tirgan holda kerakli shifokorni tanlaysiz.
SMS yoki shaxsiy kabinet orqali tasdiq xabarini olasiz.
Navbat kutish va ortiqcha vaqt sarflash tarixda qoldi!
Qanday yozilaman?
1️. DMED tizimini Play Marketda yuklab oling: DMED
2️. JSHSHR kiritib Identifikasiyadan o‘ting.
3. Hududingiz va shifoxonani tanlang
4. Shifokorni tanlab, qabul vaqtini bron qiling
Vaqtingizni tejang, sog‘lig‘ingizni asrang – DMED bilan hammasi oson!
