SUVNING QADRIGA YETAYLIK! UNI TEJAŞ — BARÇAMIZNING BURÇIMIZ
2026-11-18 10:10:00 / Yangiliklar
Suv bor joyda hayot bor, suv qadrlangan joyda esa kelajak bor!
Bugungi kunda suv resurslarini asraş, ulardan tejamkorlik bilan foydalaniş va har bir tomçi suvning qadriga yetiş eng dolzarb vazifalardan biridir. Zero, suvning bir tomçisi ham behuda sarf bölmasligi kerak. Çunki bugun tejalgan suv — ertangi hosil, farovon hayot va kelajak avlodlar rizqidir.
Aynan şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2026-yil 21-oktabrdagi 585-son qarori qabul qilinib, suvdan foydalaniş va suv istemoli tartibini buzganlik uçun yuridik şaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qöllaşning aniq tartibi belgilandi.
Mazkur qarorga muvofiq, belgilangan limitdan ortiqça suv oliş, şartnomasiz suvdan foydalaniş, suvni hisobga oliş vositalarisiz suv oliş, maxsus ruxsatnomasiz hamda özboşimçalik bilan suv oliş qonunbuziliş hisoblanadi.
Qarorning muhim jihati — qoidabuzarlikning oldini oliş va suvdan foydalaniş madaniyatini oşirişdir.
Jumladan, 2027-yil 1-yanvardan boşlab yil davomida birinçi marta qoidabuzarlik sodir etganda, yuridik şaxslar ogohlantiriş berilib, kamçiliklarni bartaraf etiş uçun 10 kun muddat ajratiladi.
Qoidabuzarlik bartaraf etilmagan taqdirda moliyaviy sanksiya qöllaniladi.
Avval moliyaviy sanksiya qöllanilganidan keyin bir yil içida qoidabuzarlik takroran sodir etilsa, sanksiya miqdori beş baravar etib belgilanadi.
Şu bilan birga, qonunçilikda moliyaviy sanksiya summasining
50 foizini bir oy içida tölaş orqali qolgan qismidan ozod böliş yoki belgilangan şartlar asosida olti oygaça bölib tölaş imkoniyatlari ham nazarda tutilgan.
Hurmatli suvdan foydalanuvçilar!
Suvni isrof qiliş oson, ammo uning örnini töldiriş qiyin.
Har birimiz suvdan foydalanişda mas’uliyatli bölaylik. Suv oliş limitlariga amal qilaylik, şartnoma va ruxsatnomalarni öz vaqtida rasmiylaştiraylik, suvni hisobga oliş vositalaridan ham zamonaviy suv tejovçi texnologiyalardan foydalanaylik.
Şuni unutmaylik: suvni tejaş nafaqat qonunçilik talabi, balki insoniylik, vijdon va kelajak oldidagi burçimizdir.
Suvni bugun asramasak, ertaga uning qadrini keç anglaşimiz mumkin.
Har bir tomçi suv — hayot manbayi! Uni asraş esa öz qölimizda!
“Suvxöjaliknazorat” inspeksiyasining
Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi
Boş mutaxassisi A.Yesemuratov
