MÖYNOQDA DAVLATIMIZ BAYROĞI QABUL QILINGAN KUN MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRLARI ÖTKAZILMOQDA
2026-11-17 11:30:00 / Yangiliklar
18 noyabr - Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan Möynoq tumanida bayram tadbirlari taşkil etilmoqda.

18 noyabr - Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan Möynoq tumanida bayram tadbirlari taşkil etilmoqda.
Bayram tadbirlari doirasida dastlab tuman yoşlari va jamoatçilik faollari iştirokida Vatanimiz bayroğiga hurmat ramzi sifatida tantanali estafeta taşkil etildi.
Şundan söng bayram konsert dasturi bölib ötdi. Unda tuman hokimi örinbosari M.Jumaboyev sözga çiqib, Davlat bayroğining xalqimiz hayotidagi örni, milliy ğururimiz, mustaqilligimiz va birligimiz timsoli sifatidagi ahamiyatiga alohida töxtalib ötdi.
Tadbir davomida tuman madaniyat bölimi xodimlari tomonidan tayyorlangan bayram konsert dasturi namoyiş etildi. Kuy-qöşiqlar va badiiy çiqişlar iştirokçilarga bayram kayfiyatini ulaşdi.
Tadbirlar yoşlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va davlatimiz ramzlariga sadoqat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladi.









