Jamoatchilikka hisobot
2026-04-09 14:55:00 / Media va boshqa tadbirlarda rahbarlar ishtiroki
Joriy yilning 7 aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Joriy yilning 7 aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda sport sohasidagi yutuqlar bilan birga xato va kamchiliklarni ham qayd etdi.
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan sohani yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha qator qaror va farmonlar qabul qilindi. Bularning natijasi sifatida so‘nggi 9 yilda Mo‘ynoq tumanida sport infratuzilmasi butunlay yangilanganini ta’kidlab o‘tish mumkin. Sportchilar uchun, yoshlar uchun, xalqimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Tuman markazidan boshlab eng chekka hududdagi mahallalarda futbol, voleybol, workout maydonchalari barpo etildi, mavjud sport bazalari obodonlashtirildi, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Videoselektor yig‘ilishida Muhtaram Prezidentimiz yaratilgan bunday sharoitlarga munosib javob bo‘lmayotganini ta’kidlab, bundan buyon bu sohani yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilab berdi. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, Mo‘ynoq tumanida sohani rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalar va yo‘l xaritalari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra tumandagi har bir mahallada sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladigan "sog‘lom turmush volontyorlari" korpusi shakllantiriladi.
Maktablarda sport to‘garaklari faoliyatini jonlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Endi sport yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurti talabalari dual ta’lim asosida maktablardagi sport to‘garaklariga biriktiriladi. Bu esa tajribali murabbiylar bilan ta’minlash imkonini beradi. Mo‘ynoq tumanidagi barcha maktablarda sport to‘garaklarining to‘laqonli faoliyat yuritishi, qamrovi keskin oshirilishi ta’minlanadi.
Prezidentimiz tomonidan sport tibbiyoti, sportchilarning salomatligini nazorat qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilgani bois, tumandagi sportchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning jismoniy yuklamasini ilmiy asosda nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, sport samaradorligini raqamlashtirish, sun’iy intellekt asosida sportchi va murabbiylar faoliyatini tahlil qilish tizimi joriy etilishi belgilandi. Bu esa Mo‘ynoq tumanida ham sportni boshqarishning zamonaviy usullarini qo‘llash imkonini beradi.
Eng asosiysi, Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan vazifa - joriy yilda sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini 2 barobarga oshirish - Mo‘ynoq tumani uchun ham aniq maqsad sifatida belgilab olindi. Har bir mahalla, har bir maktab, har bir tashkilot bu jarayonda faol ishtirok etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlarni so‘zsiz bajarishga kafolat beramiz.
Berilgan intervyuda mana masalalar so'z etildi.
