Salomatlik marafoniga start berildi
2026-10-03 09:45:00 / Yangiliklar

⚡️Bugun Mo‘ynoq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Salomatlik marafoni"ga start berildi.
⚡️"Baxtli umrga qadam" shiori ostida bo‘lib o‘tadigan "Salomatlik marafoni"ning ochilish marosimida Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasining bosh shifokori v.v.b. Jamila Davletova, Salomatlik va strategik rivojlanish bo‘limi shifokori A.Matmuratov, Jarrohlik bo‘limi boshlig‘i Yu.Dosimov, shifokorlar va o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu kabi salomatlik tadbirlarining xalqimizning tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarning erta oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.








