XALQ DEPUTATLARI MO‘YNOQ TUMAN KENGASHINING QIRQINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2026-09-10 11:05:00 / Yangiliklar
Bugun, 10-sentyabr kuni Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashining qirqinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 10-sentyabr kuni Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashining qirqinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibidan Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan “Openbudget.uz” portalida g‘olib bo‘lgan takliflarni moliyalashtirish, “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Mo‘ynoq tumani bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, “Jayhun” MFY “Mahalla yettiligi”ning hisoboti hamda Kengashning tegishli qaroriga o‘zgartirish kiritish masalalari o‘rin oldi.
Shuningdek, sessiya davomida boshqa muhim masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.









