"Hokim ota" o‘quvchilariga olis yo‘llar yanada yaqin bo‘lmoqda
2026-09-06 11:30:00 / Yangiliklar
Mo‘ynoq tumani Hokim ota ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 18-sonli maktabda tahsil oluvchi, uzoq masofadan qatnab keladigan o‘quvchi yoshlar uchun mikroavtobus topshirildi.

Mo‘ynoq tumani Hokim ota ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 18-sonli maktabda tahsil oluvchi, uzoq masofadan qatnab keladigan o‘quvchi yoshlar uchun mikroavtobus topshirildi.
“Hayot” Foundation, Kapitalbank, GROSS, “Keleshek” markazlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘magida amalga oshirilayotgan loyiha doirasidagi ushbu mikroavtobus 7–20 kilometr masofadan maktabga qatnaydigan o‘quvchilar uchun katta qulaylik yaratadi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi va yangi o‘quv yili arafasida topshirilgan ushbu transport vositasi yoshlarimiz uchun chin ma’noda quvonchli sovg‘a bo‘ldi.
Endi olis yo‘llar yanada yaqin, maktab sari qadamlar esa yanada ishonchli. Zero, yoshlar uchun yaratilgan har bir qulaylik — kelajak sari tashlangan muhim qadamdir!









