Oilada er-xotinning teng huquqliligi
2026-08-21 10:30:00 / Yangiliklar

2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida ma’qullandi.
Darhaqiqat, ming yillardan buyon jamiyatda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi tengsizlik va uni hal etish masalasi doimo dolzarb bo‘lib kelgan. O‘tgan davrlarda oilada er-xotinlarning teng huquqliligi, ayniqsa oilaga oid nizolarning juda katta qismi erkaklar tomonidan ayol huquqlarining tan olinmaslik holatlariga yetarli ahamiyat berilmaganligi haqiqatdir.
Qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan, ayniqsa oilaga oid munosabatlar va bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlaridan iborat.
Qonunga muvofiq, oila, onalik, otalik va bolalik davlat xavfsizligida bo‘ladi. Shuningdek, xotin-qizlar va erkaklar oilaga oid munosabatlar sohasida teng huquq va majburiyatlarga ega. Oilaga oid munosabatlar sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun huquq hamda imkoniyatlar tengligi quyidagilarga asoslanadi:
ayollar-qizlar hamkorligi va ittifoq tuzishiga;
majburiy va erta nikohlarga yo‘l qo‘yilmasligiga;
er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari tengligiga;
oilaning ichki nizolarini o‘zaro kelishuv bo‘yicha hal etishga;
uy mehnatiga nisbatan xotin-qizlar va erkaklar huquq va majburiyatlarining tengligiga;
bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishda, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashda teng ishtirok etishga;
Ota-onalar kichik yoshdagi bolalarni, nogironligi bo‘lgan oila a’zolarini parvarish qilish bo‘yicha nafaqalar olishda teng huquqlarga ega bo‘ladilar. Bola tug‘ilishi munosabati bilan ona va ota haq to‘lanadigan ta’til olish huquqiga ega. Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’tilning davom etish vaqti ota-onaning ixtiyoriga ko‘ra ular o‘rtasida taqsimlanishi mumkin, bunda ota-ona ta’tildan uni qismlarga bo‘lgan holda foydalanishi mumkin.
Oygul Turganboyeva
Mo‘ynoq tumani adliya bo‘limi
FHDYO boshlig‘i
