Qozoqdaryoda bunyodkorlik davom etmoqda. Yo‘llar obod, xizmatlar keng, imkoniyatlar esa yanada ko‘paymoqda!
2026-08-21 16:30:00 / Yangiliklar

Qozoqdaryoda bunyodkorlik davom etmoqda. Yo‘llar obod, xizmatlar keng, imkoniyatlar esa yanada ko‘paymoqda!
Mo‘ynoq tumani hokimi Baxtiyar Menglibekov Qozoqdaryo OFY hududiga tashrif buyurib, aholi bilan ochiq muloqot qildi.
Tashrif davomida fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglanib, mahallada amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Ayniqsa, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Qozoqdaryo hududida ichki ko‘chalarning ko‘p qismlariga qora asfalt qoplamasi yotqizildi, boshqa ko‘chalarda esa shag‘al qoplama ishlari amalga oshirildi. Umuman, yo‘l sohasidagi loyihalar uchun 10 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ajiratildi.
Tashrif davomida yangidan tashkil etilgan xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyati bilan ham tanishilib, hududda aholi uchun qulayliklarni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.









