Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashining 38-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-07-27 15:55:00 / Yangiliklar

https://www.youtube.com/live/60rGeT4WvqM?si=re4E7PgWiir1n7Na
Bugun Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashining 38-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda mahalliy boshqaruvga oid qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Mo‘ynoq tuman bo‘limining 2026-yilning olti oyi davomida amalga oshirgan ishlari, tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida 2026-yilning o‘tgan olti oyida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashidagi bo‘sh qolgan 5-"Aqqala" saylov okrugi bo‘yicha deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish, tuman mahalliy budjetining 2026-yilda ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish hamda bo‘sh qolgan deputatlik o‘rni bo‘yicha saylovni tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari smetasini tasdiqlash masalalari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.






