Alisher Bekmuratov "Tozalik qo‘riqchisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
2026-07-28 09:30:00 / Yangiliklar
Mo‘ynoqda "Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Mo‘ynoqda "Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Odatdagidek bugun erta tongdan oylik doirasidagi ishlarni muhokama qilish va vazifalarni belgilab olishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi Baxtiyor Menglibekov obodonlashtirish va tozalik ishlari bo‘yicha xato-kamchiliklar, oldinda qilinadigan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida Mo‘ynoq o‘rmon xo‘jaligi boshlig‘i Alisher Bekmuratov "Tozalik qo‘riqchisi" ko‘krak nishoni taqdirlandi.
Obod mahalla - farovon hayot asosi, tozalik esa har birimizning kundalik mas’uliyatimizdir.









