Talli o‘zekte obodlik ishlari izchil davom etmoqda
2026-07-28 10:35:00 / Yangiliklar
«Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi» doirasida Talli o‘zek MFY hududida obodonlashtirish va hashar ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

«Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi» doirasida Talli o‘zek MFY hududida obodonlashtirish va hashar ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Korxona va muassasalar jamoalari, mahalla faollari hamda aholi vakillari ko‘chalar, jamoat maskanlari va yashil hududlarni tartibga keltirishda faol ishtirok etmoqda.
Har bir obod ko‘cha, ozoda mahalla va fayzli xonadon — birdamlik va hamjihatlikning yorqin ifodasidir. Keling, yurtimiz obodligi yo‘lida boshlangan ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, mahallamiz yanada chiroyli va fayzli bo‘lishiga barchamiz munosib hissa qo‘shaylik!








