Kambag‘allikni qisqartirish — natijaga xizmat qilayotgan amaliy yondashuv
2026-07-27 14:30:00 / Yangiliklar
Unda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Mo‘ynoq tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida media tadbiri tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda erishilayotgan natijalar yuzasidan batafsil ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, media vakillarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berilib, ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirning amaliy qismida ishtirokchilar tumanda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu esa kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarning amaliy natijalari va yaratilayotgan yangi imkoniyatlarni bevosita ko‘rish imkonini berdi.









