Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashining 37-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-07-10 11:55:00 / Yangiliklar
Sessiya kun tartibiga 9 ta masala kiritilib, ular yuzasidan deputatlar tegishli davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining axborot hamda hisobotlarini tingladilar.

https://www.youtube.com/live/LVmSjGUFHPo?si=EyV_oakA4ITD3U_w
Sessiya kun tartibiga 9 ta masala kiritilib, ular yuzasidan deputatlar tegishli davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining axborot hamda hisobotlarini tingladilar.
Jumladan, Mo‘ynoq tumani hokimligida 2026-yilning birinchi yarim yilligida qonunchilik hujjatlarining o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash bo‘yicha ijro intizomiga rioya etilishi holati, Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashi sessiyalarida mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)larini samarali tashkil etish chora-tadbirlari hamda davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Mo‘ynoq tumani adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti, tuman prokurorining 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan hisoboti tinglandi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-son “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan imoratlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunining Mo‘ynoq tumanida ijro etilishi, tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish hamda Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashining “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 2026-yil 24-iyundagi VII-36-63-13-187-K/26-son qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish masalalari ham muhokama qilindi.
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli qarorlar qabul qildilar.








