Bo'zatov OFY, Shag'irli ovuli — sayyor qabul o'tkazildi
2026-07-04 09:10:00 / Yangiliklar

Bo'zatov OFYning Shag'irli ovulida tuman hokimi B.Menglibekov hamda tuman prokurori M.O'razbaev ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi. Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o'tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Har bir masala yuzasidan mas'ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
💼 Shuningdek, tadbirda:
• tumandagi bo'sh ish o'rinlari;
• ishsiz fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar;
• imtiyozli kreditlar, ssudalar va subsidiyalar haqida batafsil ma'lumot berildi.
🤝 "Ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning yagona reyestri" hamda "Kambag'al oila" ro'yxatiga kiritilgan oilalar vakillariga yuqori daromadli bo'sh ish o'rinlari taklif etildi.
⚖️ Tuman prokurori mahalladagi jinoyatchilik holatini tahlil qilib, sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari haqida to'xtaldi. Shuningdek, fuqarolarni kiberjinoyatlarga aldanmaslikka, internetdagi firibgarliklarga nisbatan ogoh va hushyor bo'lishga chaqirdi.









