Media nigohida Mo'ynoq: energiya, infratuzilma va yangi imkoniyatlar
2026-06-26 15:55:00 / Yangiliklar

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining yettita ustuvor yo'nalishidan kelib chiqib, bugun Mo'ynoq tumanida iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash, "yashil iqtisodiyot" texnologiyalarini keng joriy etish hamda energiya samaradorligini 20 foizga oshirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan media tur tashkil etildi.
Tadbirda OAV vakillari, blogerlar va vaynерlar ishtirok etib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Media tur davomida ishtirokchilarga suv ta'minoti tizimida barpo etilayotgan yangi inshootlar va olib borilayotgan qurilish ishlari ham namoyish etildi. Ochiq muloqot ruhida o'tgan press-tur davomida mutasaddilar tomonidan barcha savollarga batafsil javob berildi.
Mo'ynoq bugun nafaqat ekologik tiklanish, balki energiya tejamkorligi, zamonaviy infratuzilma va barqaror taraqqiyot sari dadil odimlamoqda.
