E'tibor va e'tirof – soha fidoyilariga!
2026-06-29 17:30:00 / Yangiliklar

Bugun Mo'ynoq tumani hokimi Baxtiyar Menglibekov 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o'rni, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashdagi ahamiyati hamda OAV vakillari bilan samarali hamkorlik masalalariga alohida to'xtalib o'tildi.
Shuningdek, tadbir doirasida "So'ngi yillarda va 2026-yilda Mo'ynoq tumanida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish" mavzusida matbuot anjumani tashkil etilib, jurnalist va blogerlarning savollariga batafsil javob berildi.
Tadbir yakunida esa Mo'ynoq tumanida ommaviy axborot vositalari rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan soha faxriylari, respublika va tuman OAV xodimlari, televideniye vakillari hamda ijtimoiy tarmoqlarda faol va jamoatchilik bilan samarali muloqot olib borayotgan kontent yaratuvchilari va blogerlar tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.









