Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashining 36-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-06-24 10:35:00 / Yangiliklar
Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga oid qator muhim masalalar muhokama qilindi.

https://youtube.com/live/TdNoaOtzhpo?si=qfqGKINYPdoWOAcw
Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga oid qator muhim masalalar muhokama qilindi.
Jumladan:
✅ Yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Ahamiyatli 90 kun” tadbirlar rejasi tasdiqlandi;
✅ Tuman Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan hisobot tinglandi;
✅ “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi;
✅ Hokimlik huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ma’qullandi;
✅ Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan shakllangan mablag‘larni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi;
✅ Tuman sport bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan axborot eshitildi;
✅ Tumandagi geografik obyektlarga nom berish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi;
✅ Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi;
✅ Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashi hamda uning doimiy komissiyalarining 2026-yil ikkinchi yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ish rejalari tasdiqlandi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar belgilandi.









