Mo‘ynoqda fuqoralar qabuli tashkil etildi
2026-06-17 10:55:00 / Yangiliklar
Bugun Mo‘ynoq tumanida — xalq qabuli bo‘lib o‘tdi.

📍 Bugun Mo‘ynoq tumanida — xalq qabuli bo‘lib o‘tdi. Fuqaro muammolarini joyida hal etish maqsadida tashkil etilgan qabullar davomida:
👤 Tuman hokimi B. Menglibekov,
⚖️ Tuman prokurori M. Orazbaev,
👮♂️ IIB boshlig‘i J. Yusupov
va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari fuqarolarning muammolarini bevosita tinglashdi.
📌 Qabulda quyidagi masalalar ko‘tarildi:
▪️ Bandlik masalalari;
▪️ Uy-joy muammolari, ta’mirlash va yangidan qurish
▪️ Sog‘likni tiklash bilan bog‘liq muammolar
Har bir murojaat sinchkovlik bilan ko‘rib chiqildi, ayrimlariga joyida yechim topildi, qolganlari bo‘yicha nazoratga olinib, tegishli topshiriqlar berildi.









