Mo‘ynoq dalalarida qizg‘in mehnat davom etmoqda
2026-06-15 13:50:00 / Yangiliklar
Bugun Mo‘ynoq tumani rahbarlari bug‘doy dalalarida bo‘lib, fermerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Bugun Mo‘ynoq tumani rahbarlari bug‘doy dalalarida bo‘lib, fermerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Daladagi ishlar, hosilning holati va yig‘im-terim jarayonlari joyida ko‘zdan kechirildi.
Samimiy suhbat davomida fermerlarning taklif va mulohazalari tinglanib, mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Har bir boshoqda dehqonning mehnati, har bir gektarda yurt ravnaqi mujassam. Bugungi uchrashuv esa daladagi fidokor insonlarga e’tibor va qo‘llab-quvvatlashning yana bir ifodasi bo‘ldi.




