🟢Mahallalardagi o‘zgarishlar nazoratda: Hokim piyoda yurib muammolarni joyida o‘rgandi
2026-06-16 09:50:00 / Yangiliklar
Muammolar kabinetda emas, joyida o‘rganilmoqda!

Muammolar kabinetda emas, joyida o‘rganilmoqda! Bugun Mo‘ynoq tumani hokimi B.Menglibekov mahallalar hududlarini piyoda aylanib, qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari holatini o‘rgandi.
Ko‘zdan kechirish davomida yo‘llar, ijtimoiy obyektlar, ichki ko‘chalar, obodonlashtirish hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar joyida tahlil qilindi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlari va mutaxassislarga aniq vazifalar hamda ijro muddatlari belgilab berildi.
Asosiy maqsad — mahallalarni yanada obod qilish, aholiga qulay sharoit yaratish va amalga oshirilayotgan ishlar sifatini oshirish. Mo‘ynoqda har bir hudud e’tiborda, har bir masala nazoratda!







