Deputatlar Kengashining 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-05-18 19:55:00 / Yangiliklar
18-may kuni Mo‘ynoq tumanida Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi o‘tkazilib, hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

18-may kuni Mo‘ynoq tumanida Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi o‘tkazilib, hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Sessiyada aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish, 2026 yil I chorak yakunlari bo‘yicha mahalliy byudjet ijrosi, 2026 yil 1 yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish, hokimlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘paytirish choralari, sug‘orish ishlari va yerlarni suv bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, jamoatchilik fikri asosida Ochiq byudjet portalidagi “Mening bog‘im” loyihasi doirasidagi takliflarni tahlil qilish masalalari ko‘rildi.
Sessiya davomida mas’ul tashkilotlar hisobotlari tinglandi, taklif va xulosalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Online: http://Online: https://youtube.com/live/bolIZoPiHFg?si=y3nGszxDXgCYQyb-








