Deputatlar Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-04-30 10:55:00 / Yangiliklar
Deputatlar tomonidan taklif etilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Mo‘ynoq tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir muhim masalalar kun tartibiga kiritildi. Deputatlar tomonidan taklif etilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablag‘larini yo‘naltirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-47-son qarori ijrosi hamda 2026-yil vegetatsiya davri uchun suv limitini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Mas’ullar axborotlari tinglanib, har bir yo‘nalish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Sessiya yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.
live: https://youtube.com/live/yrq3UpaX5HI?si=8IU3o0zRShlqHA70









