Rahbarlar tanqidiy ruh, aniq vazifa, amaliy natijaga qaratilgan majlis o‘tkazdi
2026-05-06 10:55:00 / Yangiliklar

Mo‘ynoq tumanida mahallalar yettiliklari ishtirokida muhim tanqidiy majlis bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi B.Menglibekov hamda tuman prokurori M.O‘razbaev rahbarlik qildi.
Yig‘ilish davomida Prezident qaror va farmonlari, tasdiqlangan grafik va yo‘l xaritalarida belgilangan vazifalar ijrosi chuqur tahlil qilinib, sustkashlik va kamchiliklar ochiq muhokama etildi.
Asosiy e’tibor mahalla institutini yanada takomillashtirish, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, mahallalar tozaligi va obodonchiligi, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni kamaytirish, chiqindi muammolarini bartaraf etish kabi yo‘nalishlarga qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli hamda “2026-yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2-sonli qarorlari ijrosi Ijrosi yuzasidan tuman prokuraturasining taqdimnomasi muhokama etildi.
Yakunda har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijro intizomini kuchaytirish qat’iy belgilandi. Kuchli mahalla — tartibli hudud — farovon jamiyat!









