Mo’ynoq tumanida suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo'yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish borasidagi ishlarga oid INFOGRAFIKA
2026-03-30 18:55:00 / Yangiliklar

♦Prezident qarorlari asosida amalga oshirilgan loyihalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-143 va PQ-330-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Mo’ynoq tumanida 2025-yil davomida og‘ir ahvoldagi mahallalarda tomorqa yerlarni sug‘orish tizimini yaxshilash hamda suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha qator amaliy ishlar bajarildi.
Jumladan:
- “Madeli” mahallasida 2,7 km kanalni ta’mirlash va betonlash ishlari amalga oshirildi;
- “Hokim ota” mahallasida 8,4 km kanalni ta’mirlash hamda 1,5 km kanalni betonlash ishlari bajarildi;
- “Qazaqdaryo” mahallasida 4,5 km kanal to‘liq ta’mirlandi hamda 3 dona nasos agregati o‘rnatildi;
- “Qizil jar” mahallasida 9,0 km kanal ta’mirlandi hamda 2 dona nasos agregati o‘rnatildi;
- “Bo‘zatov ” mahallasida 25,2 km kanal ta’mirlandi hamda 10 dona nasos agregati o‘rnatish ishlari to‘liq yakunlandi.
♦Tashabbusli byudjet orqali amalga oshirilgan loyihalar
Mo‘ynoq tumanining eng chekka mahallalarida yashovchi aholi tomorqalarini sug‘orish masalasida muhim amaliy ishlar olib borilmoqda. Endilikda daryo bo‘yidagi nasoslar quyosh panellari orqali ishlaydi.
📍 “Qizil jar” mahallasida hududida tomorqalarni sug‘orish uchun qurilgan daryo bo‘yidagi 2 ta nasosga 75 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilib, to‘siq bilan himoyalash ishlari yakunlandi. Loyiha qiymati — 410 mln so‘m.
📍 “Qozoqdaryo” mahallasida hududida esa daryo bo‘yidagi 3 ta nasosga 20 kVt quyosh panellarini o‘rnatish hamda himoyalash ishlari yakunlandi. Loyiha qiymati — 158 mln so‘m.
📍 “Madeli” mahallasida, Shege qishlog‘ida aholining tomorqalarini sug‘orish uchun daryo bo‘yidagi 2 ta nasosga 50 kVt quyosh panellari o‘rnatilib, to‘siq bilan himoyalash ishlari amalga oshirildi. Loyiha qiymati — 314 mln so‘m.
♦Kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar
Prezidentning maxsus qarorlari asosida qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash, suvning tejalishini ta’minlash va tomorqa yerlarni samarali sug‘orish imkoniyatini oshirish bo’yicha jami 3,9 mlrd so‘mga M1 kanalida 1,6 kilometr qismini betonlash ishlari, 1,7 mlrd so‘mga Madeli mahallasida 1,1 suv kanalini betonlash, hamda 1,9 mlrd so‘mga Bo‘zatov mahallasida hududidagi 2,5 km ariqarni betonlash rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2026-yil 6-martdagi 617-son qaroriga asosida Mo‘ynoq tumani hududidagi og‘ir mahallalarda oqava suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar “Bo‘zatov ” mahallasida 42 gektar tomorqa yer maydonlarini sug‘oruvchi “Shadliq”, “Qizketken” va “Altinjag‘is” ichki tarmoqlarining 2,5 km qismini rekonstruksiya qilish (betonlash) hamda 1 dona suv saqlagich qurish;
- “Madeli” mahallasida 35 gektar tomorqa yer maydonlarini sug‘oruvchi “Maqset jap” tarmog‘ining 1,1 km qismini rekonstruksiya qilish (betonlash);
- “Qiziljar” mahallasida 42 gektar tomorqa yer maydonlarini sug‘oruvchi “M-1” kanalining 2,5 km qismini rekonstruksiya qilish (betonlash)
Tashabbusli byudjet loyihasi orqali Bo‘zatov mahallasida aholining tomorqasini sug‘orish uchun qurilgan daryo bo‘yidagi nasosga 30 kVt quyosh paneli o‘rnatish va to‘siq bilan himoyalash (agrajdene) taklifi 220 ovoz, Loyiha bahosi 1 648 000 000
