Jamiyatda millatlarora totuvlik va dinlarora bag'rikenglik muhitini mustahkamlash bo'yicha Infografika
2026-03-25 14:50:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada tizimli targ‘ibot va profilaktika tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari natijalari:
Diniy sohadagi qonunchilikka muvofiq olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida:
• 81 ta targ‘ibot tadbiri davlat va jamoat tashkilotlarida o‘tkazildi
• 43 ta tadbir millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratildi
• 24 ta targ‘ibot ishlari ekstremizm va radikalizmga qarshi yo‘naltirildi
Mazkur tadbirlar aholining huquqiy madaniyatini oshirish, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Diniy ekstremizmga qarshi profilaktika
Jamiyat barqarorligiga tahdid soluvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, ayniqsa yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida:
• 18 ta ta’lim muassasasida – 72 marotaba targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi
• Mahallalarda – 36 marotaba profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
Bu sa’y-harakatlar yoshlarni yot g‘oyalardan asrash va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mo‘ynoq tumani aholisi tarkibi:
Tumanda istiqomat qiluvchi jami aholi soni 34 133 nafarni tashkil etadi. Hudud ko‘p millatli jamiyat sifatida o‘zining bag‘rikengligi bilan ajralib turadi:
• O‘zbeklar – 598 nafar
• Qoraqalpoqlar – 22 632 nafar
• Qozoqlar – 9 967 nafar
• Turkmanlar – 54 nafar
• Ruslar – 334 nafar
• Koreyslar – 79 nafar
• Boshqa millatlar – 478 nafar
Turli millat va elatlar vakillarining o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik asosida yashayotgani hududdagi ijtimoiy barqarorlikning muhim omilidir.
