MO‘YNOQ TUMANIGA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
2026-02-19 19:55:00 / Yangiliklar
☄️ Shu yilning 19-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Mo‘ynoq tumanida press-tur tashkil etildi.

☄️ Shu yilning 19-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Mo‘ynoq tumanida press-tur tashkil etildi. Unda xorijiy o‘qituvchilar va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari faol ishtirok etdi.
✔️ Ushbu tadbirning asosiy maqsadi hududda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilgan zamonaviy sharoitlar va o‘quv jarayonidagi yangilanishlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
📌 Press-tur davomida ishtirokchilar tumandagi 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti va 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ularda yaratilgan imkoniyatlar, ta’limning sifati va innovatsion yondashuvlar bilan tanishdi.
🤗 Shuningdek, tadbir doirasida o‘quvchilar va pedagoglar bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazildi. Milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi Navro‘z saylida ishtirok etib, bayram kayfiyati barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
➖ Bundan tashqari, ishtirokchilar uchun Orol dengizi tarixi muzeyi va Kemalar qabristoniga sayohat tashkil etilib, hududning o‘ziga xos tarixi va ekologik holati bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
✔️ Ushbu press-tur ishtirokchilarda Mo‘ynoq tumanida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar va erishilayotgan natijalar haqida yanada boy va chuqur tushunchaga ega bo‘ldi.







