🔊Deputatlar Kengashining 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-04-06 17:55:00 / Yangiliklar
Mo‘ynoq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mo‘ynoq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga kiritilgan 5 ta muhim masala deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi. Mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Dastlab, davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan PF-117-son Farmon ijrosi muhokama qilindi. Shuningdek, 2026-yil I choragi davomida ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yaxshilash bo‘yicha PQ-343-son qarori ijrosi ham ko‘rib chiqildi.
Sessiyada tuman hokimining hisobotlari tingladi. Bunda tuam hokimi fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratib, bu borada Qarshi shahri tajribasini joriy etish hamda aholining murojaatlarini samarali hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga to‘xtadi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish yo‘nalishida olib borilgan ishlar muhokama etildi.









