2024 yil 10 iyun kungi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-sonli farmoni
2025-07-21 17:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024 yil 10 iyun kungi PF-89-sonli farmoni qabul qilindi.
Davlatimiz rahbari tomonidan sud tizimida olib borilayotgan o‘zgarishlari haqida bildirgan fikrlarini yoritib, joriy yilning 10 iyun kuni qabul qilgan Farmoni haqida so‘z yuritib, ya’ni tergov sudyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanganligini bular qonunchilikda belgilangan tartibda tergov sudyasiga yuklatilgan vazifalarni adolatli va xolisona bajarishi, qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashi, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yo‘li bilan samarali himoya qilishi kabi vazifalar belgilab o‘tilgan.
Shuningdek jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko‘rib chiqilishi tartibini belgilash, tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini berish, tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta ko‘rib chiqishning amaldagi tartibini saqlab qolish.
Bundan tashqari, Tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati berilayotganligini ya’ni qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘lik, iltimosnoma, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma, tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnoma, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma, mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma, shuningdek, bo‘yicha majburlov choralari ya’ni ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni mazmunan ko‘rib hal etish kabi vaziflar berilishi nazarda tutilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Paxtakor tuman sudining tergov sudyasi M.Jo‘raev
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Paxtakor tuman sudi raisi U.Sattarov
