Brifing: tumanning sanoat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
2025-06-10 17:30:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tumanida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan kimyo, to‘qimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Sanoatdagi asosiy ulush to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yil davomida 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Tashqi va ichki investorlar ishtirokida tumanda sanoatni rivojlantirishga investitsiya jalb qilinib, korxona va ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi mamlakatlarga eksport qilmoqda.
Korxonalarda zamonaviy texnologiyalar va avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etilmoqda.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini raqamli platformalarda sotishga o‘tmoqda, bu esa ichki va tashqi bozorlarga kirishni osonlashtirmoqda.
Mirzacho‘l tumanining sanoat salohiyati yil sayin mustahkamlanib bormoqda. Bu yo‘nalishda investorlar uchun qulay muhit yaratilmoqda, yer ajratish, soliq imtiyozlari, infratuzilmaviy yordamlar orqali kichik va o‘rta biznes subyektlari faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Kelgusida sanoat tarmoqlarini yanada diversifikatsiyalash, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
J.Lapasov
Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va
kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
