“Mirzacho‘ltumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi suyultirilgan gaz ballonlari bo‘yicha
2025-04-23 10:50:00 / Yangiliklar
Yuqoridagi qarorga asosan Mirzacho‘l tumanidagi 6042 (4266 ta xonadon) ta suyultirilgan gazga moslashtirilgan jismoniy iste’molchilar (Shundan Darvoza MFYda 144 ta, Gulzor MFYda 451 ta, Ipak yo‘li MFYda 1084 ta, Istiqlol MFYda 56 ta, O‘zbekiston MFYda 996 ta, Paxtazor MFYda 1104 ta, Toshkent MFYda 1114 ta, Yangidala MFYda 1093 ta)ga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
Ushbu iste’molchilar 6042 dona gaz ballonlar bilan ta’minlangan. Qarorga asosan iste’molchilar arzonlashtirilgan suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda. Ya’ni, xozirgi kunda 1 kg suyultirilgan gazning narxi 1600 so‘mdan bo‘lib, 1 dona 20 kg.li to‘ldirilgan gaz ballon 32.000 so‘mdan iste’molchilarga tarqatilgan maxsus ID karta orqali tarqatilmoqda.
Suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun 2 dona maxsus “ISUZU” rusumli yuk avtomashilari ajratilgan. Iste’molchilarga qulayliklar yaratish maqsadida avtomashinalar 208 dona aylanma gaz ballonlari bilan ta’minlangan.
Suyultirilgan gaz ballonlar Mirzacho‘l tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida uyma-uy yetkazib berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan 2024 yil davomida iste’molchilarga 1003,9 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, shu davr davomida 1005,2 tonna suyultirilgan gaz ballonlari aholi xonadonlariga uyma-uy yetkazib berilgan (yillik rejaga nisbatan 100,1 %). 2025 yil yanvar-mart oylari davomida iste’molchilarga 252,8 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, shu davr davomida 261,6 tonna suyultirilgan gaz ballonlari aholi xonadonlariga uyma-uy yetkazib berilgan (rejaga nisbatan 103,5 %). Shu bilan birga 2025 yil aprel oyi davomida iste’molchilarga 82,3 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, aprel oyining 10 kuni davomida 28,0 tonna suyultirilgan gaz ballonlari aholi xonadonlariga uyma-uy yetkazib berilgan (rejaga nisbatan 103,5 %).
Gaz ballonlar iste’molchilarning arizasiga asosan ajratilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirgi kunda “Mirzacho‘ltumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi omborida 46 dona yangi gaz ballonlar mavjud.
O.Tagayev
“Mirzacho‘ltumangaz” gaz
ta’minoti bo‘limi boshlig‘i
