Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik
2025-04-18 14:05:00 / Yangiliklar

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmagan taqdirda, amalga oshiriladi.
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi g‘ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo‘lsa, uning zararli oqibatlariga ko‘zi yetgan, yuz berishini istagan bo‘lsa yoki bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi.
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilgan bo‘lsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb o‘ylagan bo‘lsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgani holda oldindan ko‘ra bilmagan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.
Ana shu shaxslar mazkur Kodeksning 61, 1161, 1162, 1163, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 1351, 136, 138, 183, 185, 1851, 1852, 1853, 194, 1941, 1961, 2061, 2091, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan (bundan ushbu Kodeksning 194, 1941 va 1961-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar mustasno) ishlar bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin, ushbu Kodeksning 61, 2061-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim.
Chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs mansabdor shaxs deb e’tirof etiladi.
Davlatning biron-bir hokimiyat organi nomidan ish ko‘rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o‘z vakolatlari doirasida ko‘pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs hokimiyat vakili deb e’tirof etiladi.
Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Mazkur shaxslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni, yo‘l harakati qoidalarini, ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash qoidalarini, bojxona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish choralari qo‘llanilishi mumkin emas. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilariga jarima solinishi mumkin emas.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom to‘g‘risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar bo‘ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning O‘zbekiston Respublikasi qatnashchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid bo‘lmagan qismi qo‘llaniladi.
Ushbu Kodeks 22710-moddasining ikkinchi qismida va 22713-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, deklarant yoxud uning ishonchli vakili ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ushbu Kodeks 22716-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, bojxona organi oldidagi majburiyatni o‘z zimmasiga olgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ushbu Kodeks 22722-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, deklaratsiyalovchi shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi, bunda, agar mazkur huquqbuzarlik bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri axborot ko‘rsatilganligi oqibatida sodir etilgan bo‘lsa, tegishli hujjatlarni va axborotni taqdim etgan deklarant yoxud uning ishonchli vakili ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda huquqbuzarlik takroriy sodir etilganligi e’tiborga olinmaydi, bundan ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.
Abdumannon Shaydoyev
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Mirzacho‘l tuman sudi raisi
