Tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar va sohadagi muammolar yuzasidan ochiq muloqot o`tkazildi
2025-04-13 11:20:00 / Yangiliklar

Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasi tarkibiga 115-o‘rinli tuman markaziy shifoxonasi, 250 qatnovga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, xam biri 100 qatnovga mo‘ljallangan 17-va 18-sonli oilaviy poliklinikalar xamda xar biri 50 qatnovga mo‘ljallangan Ipak yo‘li va Gulzor oilaviy shifokorlik punktlari kiradi. Tuman markazi va Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasi xamda OP, OSHPlar joylashuvi xududlariga nisbatan radiusi 45 kmgacha masofani tashkil etadi. Mirzacho‘l tumanida umumiy axoli soni 48801 nafarni tashkil qilib, ja’mi 48801 nafar axolining 18231 nafarini 0-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 30570 nafarini 18 yoshdan kattalar hamda shundan 12613 nafarini fertil yoshidagi ayollar tashkil etadi.
Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ikki qavatli tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi “Obod maxalla” Davlat dasturi doirasida 4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib 2019 yilda yangidan qurilib foydalanishga topshirilgan. Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 250 qatnovga mo‘ljallangan bo‘lib, barcha zarur tibbiy jixozlar, asbob uskunalar bilan ta’minlandi.Jumladan raqamli rentgen apparati, zamonaviy ultratovushi diagnostikasi apparatlari, klinik labarator asbob-uskunalar bilan jixozlangan.Shuningdek 2019 yilda Manzilli davlat dasturi asosida tibbiyot birlashmasiga qarashli tuman markaziy shifoxonasining uch qavatli asosiy davolash korpusi kapital ta’mirlash uchun 2 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib, kapital ta’mirdan chiqarildi va yangidan mebel va tibbiy jihozlar bilan jihozlanib, foydalanishga topshirildi.
Shuningdek 2019 yilda Tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo‘limi manzilli dastur doirasida 2mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib, tibbiy jixozlar bilan yangidan jixozlanib, foydalanishga topshirildi.Jumladan binoda uzluksiz kislorod uzatish tarmog‘i o‘rnatilgan.Yuqumli kasalliklarni aloxidalash uchun zarur bo‘lgan boks xonalari, ichki va tashqi xojatxonalar qurilgan. Shuningdek 2019 yilda yangi tashkil etilgan, Yangidala qishloq fuqarolar yig‘inida joylashgan 100 qatnovga mo‘ljallangan 17-sonli oilaviy poliklinika binosi yangidan qurilib, zarur tibbiy jixozlar, asbob uskunalar bilan jixozlanib foydalanishga topshirildi.
2021 yilda axoliga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy sanitariya yordamini yaxshilash maqsadida 17-oilaviy poliklinikaning Toshkent filiali binosi kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.Shuningdek tugatilgan Ipak yo‘li qishloq vrachlik punkti binosi kapital ta’mirlanib, 50 qatnovga mo‘ljallangan Ipak yo‘li oilaviy shifokorlik punkti tashkil qilinib, zarur tibbiy jixozlar bilan jixozlandi.Ayni vaqtda ushbu shifokorlik punkti Ipak yo‘li qishloq fuqarolar yig‘inidagi 4000 nafardan ziyod aholiga birlachi tibbiy sanitariya yordami ko‘rsatib kelmoqda.
2022 yilda tumandagi birlamchi tibbiy sanitariya muassasalaridan olisda joylashgan aholiga qulay tibbiy xizmatni tashkil qilish maqsadida Mirzadala SHFYning 5-maktab xududida va Toshkent QFY Azretqul ota ovuli xududiga tibbiyot konteynerlari o‘rnatilib, maxalla tibbiy punktlari tashkil etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari axoliga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida 2022 yil 1 iyuldan tuman markaziy shifoxonasi terapiya bo‘limi shifo o‘rinlari xisobidan 10 shifo o‘rniga mo‘ljallangan endokrinologiya bo‘limi tashkil etildi.Axoliga samarali davolash diagnostika xizmati ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi labaratoriyasi IFA analizatori bilan ta’minlanib 13 turdagi klinik labarator tekshiruvlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Tumanda onalar va bolalar salomatligini muxofaza qilish, qizlar va ayollar orasida onkologik kasalliklar tarqalishini oldini olish va erta diagnostika qilish, 30-55 yoshdagi ayollar orasida bachadon bo‘yni va 45-65 yoshdagi ayollar orasida ko‘krak bezi saratonini skriningini o‘tkazish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida “Ayollar maslaxatxonasi” negizida “Onko nazorat xonasi” tashkil qilinib, kompyuter jamlanmasi, ginekologik kreslo, kolposkop, bir martalik ginekologik ko‘zgu kabi zarur tibbiy jixozlar bilan jixozlanib faoliyat ko‘satib kelmoqda.
2023 yilda Tuman markaziy shifoxonasidagi terapiya, pediatriya ,xirurgiya yo‘nalishlarida bir-birini takrorlaydigan rejali va shoshilinch bo‘limlarni birlashtirib tunu-kun ishlaydigan yangi shoshilinch qabul bo‘limi tashkil etildi.
Shu bilan birgalikda tuman markaziy shifoxonasida xirurgik kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash va davolash borasida telemedisina aloqasini yo‘lga qo‘yish maqsadida markaziy shifoxonaga maxsus monitor va kompyuter uskunalari o‘rnatilib optik tolali internet tarmog‘iga ulandi.Xozirda respublika va viloyat markazlari bilan bemorlarni telemedisina orqali konsultatsiya qilish imkoniyati yaratildi.
2024 yilda tumanda axoligi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida tugatilgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi negizida 10 o‘rinli kardilogiya bo‘limi tashkil etilib faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.Yangi tashkil qilingan qabul bo‘limiga uzluksiz kislorod tarmog‘i o‘rnatilib, og‘ir xolatdagi bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun qulayliklar yaratildi.Shuningdek tibbiyot birlashmasiga qarashli davolash profilaktika muassasalaridan chiqayotgan tibbiy chiqindilarni xavfsiz yo‘q qilish maqsadida utilizatsiya punkti tashkil qilinib, chiqindilarni zararsizlantiruvchi texnik jixozlar bilan jixozlanib faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tibbiyot birlashmasida 2024 yil “Tashabbusli byudjet” loyihalarining 1 va 2-mavsumlarida ja’mi 2 mlrd.200 mln. so‘m mablag‘ mablag‘ yutib olinib, tibbiyot birlashmasi uchun zarur bo‘lgan tibbiy apparatura va maishiy jixozlar, orgtexnika vositalari xarid qilindi. Jumladan 1dona zamonaviy ultratovushi apparati, 5 dona katta va kichik xirurgik to‘plamlar, 5 dona poluavtomat bioximik analizator, 1 dona gematologik analizator, 14 dona kompyuter jamlanmalari hamda 10 dona kondisioner , 5 dona xolodilnik va 2 dona televizor xarid qilinib foydalanib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida faoliyatiga muloqatga yangi mexanizimlarni joriy qilishva Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohatlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi birlamchi tibbiyot sanitariya yordami muassasalarida 23 ta tibbiy brigadalar tashkil etilgan. Jumladan tuman ko‘p taromoqli markaziy poliklinikasida 12 ta, 17-sonli oilaviy poliklinikada 4 ta, 18-sonli oilaviy poliklinikada 4 ta , Ipak yo‘li oilaviy shifokorlik punktida 2 ta, Gulzor oilaviy shifokorlik punktida 1 tadan tibbiyot brigadelari tashkil etilgan.
Tashkil etilgan tibbiyot brigadalari planshet, kompyuter, printeri bilan , elektron tarozi, fonendoskop va tonometr , pulsoksimetr, taymer kabi tibbiy jixozlar va orgtexnika vositalari bilan to‘liq ta’minlangan. 2024 yilning 9 oyi davomida tumandagi ja’mi 48801 nafar aholining 45947 nafari (94,1 foizi) tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazildi .
Xatlov natijasiga ko‘ra tayanch guruxlari bo‘yicha:
1. I-Gurux sog‘lomlar 17886 nafarni 38,9 % ni tashkil etadi.
2. II-Gurux past xavf guruxi 14913 nafarni 30,6 % ni tashkil etadi.
3. III-Gurux o‘rta xavf 12965 nafarni 26,6 %ni tashkil etadi.
4. IV-Yuqori xavf gurux 183 nafarni 0,4 %ni.
Aniqlangan xavf guruxlari bo‘yicha sog‘lomlashtirish rejalari tuzilib, zarur profilaktik va davolash tadbirlari olib borilmoqda.
Shuningdek, aholining turli xil yosh qatlamlari orasida skrining tekshiruvlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan tumandagi 40 va undan katta yoshdagi 13652 nafar fuqarolardan 12839 nafari qandli diabetga skrining tekshiruviga rejalashtirilgan bo‘lib, o‘tgan 9 oy davomida 9111 nafar fuqarolar skrining tekshiruvidan o‘tkazilgan va 110 nafar qandli diabet kasalligi, 212 nafarida ortiqcha vazn, 133 nafarida semizlik va 532 nafarida prediabet xolati aniqlangan.
Shuningdek tumanda 40 va undan katta yoshdagi 13652 nafar fuqarolardan 12115 nafari yurak qon tomir tizimi kasalliklariga skrining tekshiruviga rejalashtirilgan bo‘lib, o‘tgan 9 oy davomida 11462 nafar fuqarolar skrining tekshiruvidan o‘tkazilgan va 252 nafar fuqarolarda yangi kasallik xolati aniqlanib, zarur profilaktik va davolash tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.
Muloqotda yaqin istiqbolga mo'ljallangan, jumladan, 2025-yilda bajarilishi lozim bo'lgan asosiy vazifalar ham ko'rib chiqildi.
Muloqot so`nggida savol-javoblar, takliflar o`rtaga tashlandi.
