Tushuntirish ishlari olib borildi
2025-02-09 09:25:00 / Yangiliklar

Mirzacho'l tumani MMTBga qarashli 14-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tuman Mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i, mayyor O.Xolmatov, tuman "Veteran" jangchi faxriy va nogironlari bo‘limi raisi, ma'naviyat targ'ibotchisi P.Bayzoqovlar maktab o'quvchilariga “YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALAR TARQALISHINING OLDINI OLISH” oyligi munosabati bilan tushuntirish ishlari olib bordilar.
Tadbirda o‘quvchilarga giyohvandlik, psixotropik moddalardan foydalanmaslik va giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning internet tarmog’ida ularning aylanmasiga aldanib qolmasligi, oqibatlari yomon holatlarga olib kelishi haqida tushuntirildi va o‘quvchilarni bergan savollariga javoblar berildi.
Tadbirda yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ular orasida jinoyatchilikning oldini olishda tarbiya va xarakterning uzviy bog‘liqligi tushuntirildi. Jamiyatimizda uchraydigan ayrim noxush hollarning oldini olish uchun yoshlar avvalo o‘z huquqlarini yaxshi bilishi, qolaversa, majburiyatlari haqida ham yetarli bilimga ega bo'lishlari zarurligi kabi masalalarga ham batafsil to'xtalib o'tildi.
