PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DOIRASIDA UCHRASHUV O‘TKAZILMOQDA
2026-03-19 09:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda tuman hokimi B.Mirzakulov, tuman prokurori A.Sakiyev hamda barcha mas’ul rahbarlar ishtirok etmoqda.
Muloqot davomida tumandagi og‘ir toifadagi, “otaliqqa olingan” hamda ishsiz yoshlarga biriktirilgan rahbarlar ishtirokida suhbat o‘tkazilib, yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, “Kafolat xati” asosida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, har bir yosh bilan manzilli ishlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilanmoqda.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini joyida hal etish hamda kelajakka ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
