MIRZACHO‘L TUMANIDA KURASH BO‘YICHA OCHIQ BIRINCHILIK MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
2026-03-08 18:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 7–8-mart kunlari Mirzacho‘l tumanida sportning kurash turi bo‘yicha 2010–2012 hamda 2014–2015-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “21-mart — Navro‘z umumxalq bayrami”ga bag‘ishlangan tuman ochiq birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlari, Toshkent shahri, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlaridan jami 300 nafardan ziyod polvonlar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tgan bellashuvlar yakunida g‘olib hamda sovrindor sportchilar Mirzacho‘l tumani sport maktabi tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Mazkur musobaqa yosh sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, milliy kurash sport turini keng targ‘ib qilish hamda iqtidorli polvonlarni aniqlashga xizmat qildi.
