MIRZACHO‘L TUMANIDA “VATANPARVARLAR” HARBIY-SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
2026-03-10 09:50:00 / Yangiliklar

Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri kubogi uchun maktablar o‘rtasida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari ishtirokidagi “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi doirasida tashkil etildi.
Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida sport va harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, ularni buyuk ajdodlarimizga munosib tarzda mard, jasur, jismonan baquvvat, bilimli hamda keng dunyoqarashga ega barkamol avlod etib tarbiyalashdan iboratdir.
Musobaqa davomida o‘quvchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etib, harbiy-sport shartlari bo‘yicha bellashdilar.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash hamda ularning jismoniy va ma’naviy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
