MIRZACHO‘L TUMAN HOKIMLIGI TOMONIDAN QONUNCHILIK HUJJATLARI VA TOPSHIRIQLAR IJROSINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN JAMOATCHILIKKA HISOBOT
2025-12-15 11:05:00 / Yangiliklar
Tuman hokimligiga 2025 yilning dekabr oyi oyida “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan:
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Farmoyishlari hamda majlis bayonlarida jami 2485 ta topshiriq tuman hokimligiga ijro uchun kelib tushgan. Shundan, bugungi kunda ijro muddati yakunlangan 1203 ta (100%) topshiriqlarning ijrosi to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 1280 ta topshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini sifatli ta’minlash choralari ko‘rilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida 2692ta topshiriq tuman hokimligiga kelib tushgan. Shundan belgilangan ijro muddalari yakunlangan 2453 ta (100 %) topshiriqlar ijrosi ta’minlangan. 239 ta muddati mavjud bo‘lgan topshiriqlar ijrosi nazoratga olingan.
Joriy yilning dekabr oyida jami 1169 ta topshiriq, shundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1051 ta, Vazirlar Mahkamasining 118 ta topshiriqlarida tuman hokimligiga asosiy ijrochi sifatida belgilangan.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kunbay kalendar grafik ishlab chiqildi. Mas’ul xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish uchun yil boshidan Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror, Farmoyish va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagan, shaxsiy mas’uliyatsizligi natijasida topshiriqlar ijrosi muddatlarining buzilishi, kechiktirilishiga sababchi bo‘lgan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi belgilangan.
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng nazoratdan yechilishi inobatga olinib, tuman hokimligida ushbu topshiriqlarni belgilangan muddat va talablar asosida bajarilishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, har hafta ikki marotaba kelgusi oy yakuniga qadar ijro muddati yetib keladigan topshiriqlar ro‘yxati eslatma sifatida hokim o‘rinbosarlari, bo‘linma rahbarlariga yetkazib borilmoqda.
Ijro intizomini kuchaytirish, topshiriqlar ijrosi bo‘yicha qonun buzilishining oldini olish maqsadida haftaning har dushanba kunlari tuman hokimi rahbarligida, haftaning har juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.
Tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, topshiriqlari ijrosi qat’iy nazoratga olingan.
Qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosini ta’minlash barcha rahbarlarning eng muhim va birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tuman hokimi rahbarligida topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi, ijro intizomiga tizimli amal qilinishi doimiy ravishda nazoratga olingan.
Tuman hokimligi
ijro intizomi nazorati bo‘limi
