Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2025-12-09 09:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda tumanda faoliyat yuritayotgan bir qator mas’ul rahbarlarning ishtiroki yoshlar uchun katta e’tibor va amaliy yordam ekanligi alohida ta’kidlandi.
Tadbirda quyidagi rahbarlar ishtirok etdilar:
• Mirzacho‘l tuman hokimi — Mirzakulov Botirjon Kazakbayevich
• Jizzax viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i — O‘sarov Bobur O‘sarovich
• Migratsiya agentligi Jizzax viloyati filiali boshlig‘i o‘rinbosari — Primqulov Dilmurod Axrorovich
• Mirzacho‘l tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik — Shadmanov Javlon Raxmatovich
• Mirzacho‘l tuman prokurori, adliya maslahatchisi — Sakiyev Akbar Hasilbekovich
Muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Savollarga mas’ul rahbarlar tomonidan keng va asosli javoblar berildi. Yoshlarga:
-
ta’limda yuqori natijalarga erishish,
-
bandlik va kasb tanlashdagi imkoniyatlar,
-
tartib-intizom va xavfsizlik mas’uliyati,
-
huquqiy savodxonlik
kabi mavzularda muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir doirasida texnikum direktorining stipendiyasini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar hamda tashabbuskor yoshlar uchun rag‘batlantirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bilim va faolligi bilan ajralib turadigan o‘quvchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa yoshlarni yanada izlanish va yutuqlarga intilishga undaydi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan mas’ul rahbarlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni kengaytirish, ularning muammolarini eshitish va hal etish bo‘yicha amaliy qadam bo‘ldi.
Ochiq va samimiy tarzda o‘tgan tadbir o‘quvchilarda:
-
kelajak rejalari uchun ishonch,
-
vatanparvarlik tuyg‘usi,
-
jamiyatda o‘z o‘rnini topish istagi
kabi fazilatlarni yanada mustahkamlaydi.
Mirzacho‘l agrosanoat texnikumi jamoasi ushbu muloqot uchun barchaga minnatdorlik bildiradi. Yoshlar bilan bunday uchrashuvlar kelajak avlodni barkamol qilib tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.




