Mirobod dehqon bozori atrofi yangilanmoqda
2025-10-30 13:55:00 / Yangiliklar

Hozirda bozor atrofi hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida piyodalar yo‘laklari (trotuarlar) yangilanmoqda, xususan, hozirda eskilari ko‘chirilmoqda.
🌳 Eng muhimi — mavjud daraxtlar saqlab qolinyapti.
Shuningdek, obodonlashtirish ishlari doirasida hududda yangi ko‘chatlar ekilib, yashil maydonlar kengaytirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali nafaqat ekologik muhit yaxshilanadi, balki fuqarolar uchun toza va xavfsiz joy yaratiladi.
Loyiha taxminan bir oy ichida yakunlanadi, shu davrda bozor o‘z faoliyatini odatdagidek davom ettiradi.
Mazkur tashabbusning bosh maqsadi — Mirobod bozorining milliy ruhi va qadriyatlarini asrab, unga zamonaviy shahar infratuzilmasi bilan uyg‘un qiyofa baxsh etishdir.
Mirobod — bu yerda an’analar saqlanadi, yangilanish esa taraqqiyotga xizmat qiladi!









