Mirobod tumanida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-10-21 16:05:00 / Yangiliklar
Bugun Mirobod tumanida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgorlarni saralashning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Saralash jarayonida jami 17 nafar iqtidorli xotin-qizlar ishtirok etib, so‘nggi uch yil mobaynidagi ibratli faoliyatlari bilan o‘z yutuqlarini namoyish etdilar.

Talabgorlar fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlarida erishgan yutuqlari, innovatsion g‘oya va loyihalari, ilmiy-amaliy ishlanmalarini amaliyotga joriy etganligi bilan ajralib turdilar. Ular bilimi, iste’dodi, yetakchilik qobiliyati va ijtimoiy hayotdagi faolligi orqali yoshlarga munosib o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar.
Talabgorlarni baholash va ularni keyingi bosqichga tavsiya etish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-noyabrdagi 731-sonli qarori asosida tuman komissiyasi tomonidan amalga oshirildi.
