Mirobod tumanida energiya resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
2025-08-22 18:35:00 / Yangiliklar

Unda, Davlat rahbarining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-son qarori talablaridan kelib chiqib, joriy yilda energiya resurslarini iqtisod qilish hamda yo‘qotishlarni qisqartirish, resurslarning talon-toroj qilinishini oldini olish va unga barham berish masalasining tumandagi ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.
Kommunal tashkilotlar rahbarlari hamda boshqa mutasaddilarga elektr va tabiiy gazni tejash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish, iqtisod qilishning tashkiliy-texnik tadbirlari rejalari belgilangan muddatlarda bajarish, energiya resurslari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, resurslar yo‘qotishlarini kamaytirish ishlarini mahallabay tashkil etish hamda debitor qarzdorliklarni qisqartirish borasidagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar atroflicha muhokama qilindi hamda barcha qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.









