Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi I.Yunusovning hisoboti
2025-08-21 17:05:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum hurmatli deputatlar, yigʻilish ishtirokchilari!
Bugungi kunda mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish, aholini barqaror bandlik bilan taʼminlash, ularning daromad manbalarini oshirish borasida tizimli va keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mirobod tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Mehnat kodeksi, shuningdek, Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasining tasdiqlangan ish rejasi asosida olib bormoqda.
Bo‘limimizning asosiy vazifasi – band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish orqali ularning doimiy daromadga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish, shuningdek, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga o‘qitish orqali ularning iqtisodiy faolligini oshirishdan iborat.
2025-yil 6 oylik yakunlari boʻyicha asosiy natijalar:
📌 Bo‘sh ish o‘rinlari va yo‘naltirishlar:
Hisobot topshirgan korxona va tashkilotlar soni: 960 ta
Yagona milliy mehnat tizimida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari soni: 4 722 ta
Oliy ma’lumotlilar uchun – 2 583 ta
O‘rta maxsus – 1 370 ta
O‘rta ma’lumotlilar uchun – 769 ta
📌 Aholi bandligini ta’minlash:
Murojaat qilgan fuqarolar: 1 189 nafar
Ishga joylashtirilganlar: 738 nafar
Kasbga o‘qitishga yuborilganlar: 283 nafar
Yaratilgan ish o‘rinlari va reja ijrosi: 2025-yil davomida tuman boʻyicha 128 044 ta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan boʻlib, yilning 6 oyida 42 455 ta ish oʻrni yaratilgan va rejaga nisbatan 103% bajarilgan.
Shundan:
Investitsiyalar hisobiga: 677 ta
Qurilish sohasida: 817 ta
Doimiy ishga joylashtirish orqali: 16 403 ta
Tadbirkorlikka jalb etilganlar: 17 108 ta
📉 Ishsizlik darajasining pasayishi:
Yil boshida: 7 345 nafar (4.6%)
II chorak yakunida: 6 929 nafar (4.4%)
Tumanda "Islohotlar shtabi" tashkil etilib, ishsiz fuqarolar roʻyxati shakllantirildi va ishsizlar.tashkent.uz platformasiga kiritildi. Xatlov davomida 4 403 nafar ishsiz aniqlanib, 220 nafar fuqaro bilan faol ish olib borilmoqda.
🔧 Mikroloyihalar va mahalliy bandlik:
"Sayxunobod tajribasi" asosida 6 oyda 856 ta mikroloyiha ishga tushirildi (rejaga nisbatan 110%).
Jami ajratilgan mablag‘: 47,8 mlrd so‘m (shundan 36,3 mlrd o‘z mablag‘i, 11,5 mlrd bank krediti)
Yaratilgan ish o‘rinlari: 1 838 ta
Misol: A.Fitrat MFYda yashovchi fuqaroga 96 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilib, “EYDEL-VITTA” MCHJ tashkil etildi va 5 ta ish o‘rni yaratildi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash doirasida:
Jazo muddatidan qaytgan fuqarolar: 36 nafar
Ishga joylashtirilgan: 2 nafar (34 nafari bandligi ta’minlangan, 1 nafari nafaqada)
Chet eldan qaytganlar: 681 nafar
Ishga joylashtirilgan: 252 nafar
Bandligi ta’minlanmagan (turli sabablarga ko‘ra): 429 nafar
Nogironligi bo‘lgan shaxslar:
Ro‘yxatga olingan: 12 nafar
Bandligi ta’minlangan: 8 nafar (shundan 3 nafari ishga joylashtirilgan, 5 nafari o‘qitilgan)
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari:
- 11 ta yarmarka o‘tkazildi,
- unda 41 ta korxona va tashkilot 890 ta ish o‘rni bilan qatnashdi
- 350 nafar fuqaro ishtirok etdi
- 180 nafar fuqaro ishga yo‘naltirildi
- 30 nafar fuqaro kasbga o‘qitishga yuborildi
- 35 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi:
Prezidentimizning PF-143-sonli Farmoni va PQ-330-sonli Qarori asosida Mirobod tumanida 673 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilib, 335 ta oilaga individual yondashuv asosida kompleks yordam ko‘rsatildi.
- Jami ehtiyojlar aniqlangan: 1 081 ta
- Yordamlar ko‘rsatilgan: 1 238 ta
- Barqaror bandlik: 302 ta
- Ta’lim va kasbga o‘qitish: 102 ta
- Tibbiy xizmat: 576 ta
- Ijtimoiy xizmatlar: 177 ta
- Yashash sharoiti: 71 ta
Natija: 276 ta oila reyestrdan chiqarildi, kambag‘allik darajasi 7.2%dan 3.7%ga tushirildi.
Bugungi kunda Mirobod tumanida kambagʻallikni qisqartirish, aholini barqaror daromad bilan taʼminlash, ishsizlik darajasini kamaytirish yoʻlida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish, mavjud resurslardan to‘liq foydalanish va joylardagi ehtiyojmand aholi qatlami bilan ishlashni yanada individuallashtirish ustuvor vazifalardan bo‘lib qoladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
