Mirobod tumanida saf yiğini bölib ötdi
2026-11-22 09:25:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori Qobiljon Ahmadjanov, tuman IIO FMB boşliği Uluğbek Nasriddinov, tuman soliq inspeksiyasi boşliği, hokim örinbosarlari, mahalla raislari, kommunal soha xodimlari hamda turli taşkilot vakillari iştirok etdi.
Yiğilişda tuman hududida kuz faslida tökilgan barg-xazonlarni öz vaqtida yiğiştiriş, köça va yölaklarni çiqindilardan tozalaş, ariq va zovurlarning tozaligini ta’minlaş hamda hududlarda sanitariya holatini yanada yaxşilaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, mahallalar, köp qavatli uylar atrofi, yöl yoqalari va jamoat joylarida tozalik işlarini tizimli taşkil etiş, belgilangan hududlarda obodonlaştiriş va tozalaş işlarini kuçaytiriş yuzasidan mas’ullarga aniq topşiriqlar berildi.
Yiğiliş yakunida har bir rahbar va mas’ul xodimga biriktirilgan hududlarda tozalik va obodonlikni ta’minlaş, barg-xazonlarni öz vaqtida olib çiqiş hamda sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etiş vazifalari belgilab berildi.






