“Milliy libos barçaga yaraşadi” — qadriyatlar va milliylik bayrami!
2026-11-20 16:35:00 / Yangiliklar

Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy madaniy merosimizni keng tarğib etişga qaratilgan tadbir davomida turli hududlarga xos milliy liboslar namoyişi, qöl mehnati bilan yaratilgan milliy hunarmandçilik namunalari körgazmasi hamda badiiy çiqişlar namoyiş etildi. Kuy-qöşiqlar, milliy raqslar va rang-barang madaniy dasturlar bayramga özgaça fayz bağişladi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi maslahatçisi, “Ma’rifat” tarğibotçilari jamiyati a’zosi Jamila Şermuhamedova hamda Toşkent şahar hokimligi mas’ullari iştirok etdi.
Mazkur tadbir milliy liboslarimiz orqali xalqimizning öziga xosligi, tarixiy merosi va milliy özligini namoyon etiş, yoş avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va ehtirom tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qildi.









