Yoşlar bandligi: muloqotdan amaliy natijaga
2026-11-19 17:30:00 / Yangiliklar

An’anaviy "Payşanba — yoşlar kuni" doirasida bugun tuman hokimi Anvar Sayfutdinov hamda Toşkent şahar Soliq boşqarmasi mas’ullari iştirokida işsiz bitiruvçi yoşlar bilan navbatdagi uçraşuv taşkil etildi.
Oçiq muloqot davomida yoşlarning bandligini ta’minlaş, ularni munosib iş örinlariga yönaltiriş hamda iş beruvçilar bilan töğridan-töğri hamkorligini yölga qöyiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuvda bitiruvçilar özlarining bilim va könikmalari, egallagan mutaxassisliklari hamda kelgusidagi rejalari haqida söz yuritib, işga joylaşiş böyiça özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Şuningdek, yirik iş beruvçi taşkilotlar vakillari mavjud böş iş örinlari, mehnat şaroitlari va işga qabul qiliş tartiblari haqida ma’lumot berdilar. Natijada bir qator yoşlarga şu yerning özida işga joylaşiş uçun yöllanmalar taqdim etildi.
Muloqot davomida har bir yoşning murojaati va takliflari e’tiborga olinib, ularni iş bilan ta’minlaş, kasbiy salohiyatini yuzaga çiqariş borasida amaliy çoralar belgilab olindi.
Zero, yoşlarga yaratilgan imkoniyat — kelajakka qöyilgan mustahkam poydevordir. Ularning bandligini ta’minlaş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va jamiyatda munosib örin egallaşiga kömaklaşiş bundan buyon ham izçil davom ettiriladi.









