Mirobod tumanida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqiçi bo‘lib o‘tdi
2026-11-19 12:35:00 / Yangiliklar
Mirobod tumanida xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va faolligini yanada oşiriş, ularning salohiyati, taşabbuskorligi hamda erişayotgan yutuqlarini keng e’tirof etiş maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqiçi taşkil etildi.

Tanlovda turli sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan, öz mehnati, taşabbuslari va ijtimoiy faolligi bilan boşqalarga örnak bölayotgan xotin-qizlar 11 ta nominatsiya böyiça öz bilim va mahoratlarini namoyiş etdilar.
Iştirokçilar özlarining kasbiy yutuqlari, hayotiy tajribasi, yetakçilik qobiliyati va jamiyat rivojiga qöşayotgan hissasi bilan hakamlar hay’atida katta taassurot qoldirdilar.
Yakuniy natijalarga köra, tanlov şartlarini muvaffaqiyatli bajargan hamda munosib natijalarga erişgan faol va ilg‘or xotin-qizlar ğolib deb topilib, taqdirlandilar.
Zero, jamiyat taraqqiyoti, oila farovonligi va kelajak avlod tarbiyasida ayolning örni beqiyos!









