Tadbirkorlikni rivojlantiriş va iş örinlarini saqlab qoliş — ustuvor vazifa
2026-11-16 13:30:00 / Yangiliklar

Şu maqsadda Mirobod tumanida tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori Bobur Abdullayev, tuman IIOFMB boşlig‘i Uluğbek Nasriddinov, hokim örinbosarlari, mas’ul idoralar vakillari hamda mahallalardagi hokim yordamçilari iştirokida tadbirkorlik subyektlarini qöllab-quvvatlaş va ular faoliyatini tiklaş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda faoliyat körsatmayotgan kiçik tadbirkorlik sub’ektlarining holatini örganiş, ularning faoliyati töxtab qolişiga sabab bölgan omillarni aniqlaş hamda mavjud muammolarni joyiga çiqqan holda örganiş böyiça vazifalar belgilab olindi.
Mazkur yönalişda mas’ul taşkilotlar vakillaridan iborat işçi guruhlar tuzilib, har bir tadbirkorlik sub’ekti bilan alohida işlaş, ularning muammolarini hal etiş va faoliyatini qayta tiklaş böyiça aniq çora-tadbirlarni amalga oşiriş közda tutildi.
Şuningdek, tadbirkorlarga huquqiy va amaliy kömak körsatiş, idora va taşkilotlar bilan hamkorlikda faoliyatdagi tösiqlarni bartaraf etiş, mavjud iş örinlarini saqlab qoliş hamda yangi iş örinlarini yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Belgilangan vazifalar ijrosi mas’ullar tomonidan doimiy nazoratga olinib, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tiklaş böyiça amaliy işlar bosqiçma-bosqiç davom ettiriladi.
Zero, tadbirkorni qöllab-quvvatlaş — yangi iş örinlari, iqtisodiy barqarorlik va aholi farovonligining muhim garovidir.







