Toşkent şahar prokurori örinbosari ijtimoiy soha obyektlari holatini örgandi
2026-11-12 19:40:00 / Yangiliklar

Taşrif davomida 4-son va 5-son tuğruq majmualari, 154-sonli umumta’lim maktabi hamda “Oltinköl” mahallasidagi mavjud holat bilan yaqindan tanişildi.
Dastlab, tuğruq majmualarida tibbiy xizmat körsatiş sifati, bemorlar va tibbiyot xodimlari uçun yaratilgan şaroitlar, muassasalarning moddiy-texnik imkoniyatlari hamda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik darajasi közdan keçirildi.
Mavjud muammolar va takliflar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almaşilib, tibbiy xizmat sifatini yanada oşiriş, aholi uçun qulay va xavfsiz şaroitlarni ta’minlaş böyiça tegişli körsatmalar berildi.
Şuningdek, 154-sonli maktabda ta’lim jarayoni uçun yaratilgan şaroitlar, muassasa infratuzilmasi örganildi.
Bunda mavjud şaroitlar avvalo, öquvçilar va pedagoglar uçun munosib şaroit yaratiş, ta’lim sifatini oşiriş hamda zamonaviy ta’lim muhitini şakllantirişga xizmat qilişi zarurligi ta’kidlandi.
Taşrifning keyingi manzili “Oltinköl” mahallasi böldi. Bu yerda kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini ta’minlaş, oilalar daromadini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar atrofliça muhokama qilindi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, har bir xonadonning ijtimoiy-iqtisodiy holatini örganiş va aniq natijaga yönaltirilgan işlarni taşkil etiş yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Şu bilan birga, mahalla va ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati ham e’tibordan çetda qolmadi.
Örganişlar yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etiş, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş hamda amalga oşirilayotgan işlarning samaradorligini oşiriş yuzasidan mas’ullarga tegişli tavsiya, körsatma va topşiriqlar berildi.
Asosiy maqsad — aholi uçun munosib şaroit yaratiş, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yanada yaxşilaş va mahallalarda amaliy natijadorlikni ta’minlaş.









