Jamoatçilik eşituvi bölib ötdi
2026-11-03 16:45:00 / Yangiliklar

Bugun, 3-noyabr kuni Taras Şevçenko köçasining Nukus köçasidan Turkiston köçasigaça bölgan qismini zamonaviy sayilgoh va gastronomik köçaga aylantiriş loyihasi yuzasidan oçiq jamoatçilik eşituvi bölib ötdi.
Unda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman IIB boshlig‘i Uluğbek Nasriddinov, tuman aholisi, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Eşituv davomida tadbirkorlar taşabbusi bilan davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan loyihaning me’moriy konsepsiyasi, hududni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, zamonaviy piyodalar va dam oliş maskanlarini taşkil etiş, savdo va xizmat körsatiş infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça rejalar taqdim etildi.
Loyihaning umumiy maydoni 30 975 kvadrat metrni taşkil etadi. Hududda 2 770 kvadrat metr kökalamzorlaştiriş maydoni barpo etiş, 154 tup manzarali buta ekiş, şuningdek, qöşimça 74 tup dekorativ buta uçun maydon ajratiş közda tutilgan. Mavjud daraxtlarni asrab-avaylaş, ularga zarar yetkazmaslik va yaşil hududlarni yanada kengaytirişga alohida e’tibor qaratiladi.
Şuningdek, loyiha doirasida ikkita zamonaviy favvora, 10 ta savdo şoxobçasi, 48 ta avtomobilga möljallangan avtoturargohni taşkil etiş hamda mavjud avtoturargohni rekonstruksiya qiliş rejalaştirilgan. Favvoralarda zamonaviy suv purkaş tizimlari, dekorativ yoritiş va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalaniş nazarda tutilgan.
Hududning tarixiy va me’moriy qiyofasini saqlaş ham loyiha yönalişlaridan biridir. Xususan, aholi orasida "Tanga haykali" nomi bilan maşhur bölgan sobiq "Toşkent gerbi" monumentini rekonstruksiya qiliş, uning mavjud me’moriy körinişini saqlagan holda atrofini obodonlaştiriş, piyodalar uçun qulay yölaklar va zamonaviy yoritiş tizimlarini taşkil etiş közda tutilgan.
Bundan taşqari, hududning asosiy ramziy obyektlaridan biri sifatida balandligi 65 metr bölgan Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği ustunini örnatiş, uning atrofida obodonlaştiriş, landşaft dizayni va dekorativ yoritiş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Umuman olganda, loyiha hududning tarixiy va me’moriy öziga xosligini saqlagan holda zamonaviy şahar muhitini şakllantiriş, piyodalar uçun qulay va xavfsiz makon yaratiş, savdo va xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlarini yaratiş hamda hududning turistik jozibadorligini oşirişga qaratilgan.
Jamoatçilik muhokamasi davomida aholi vakillari özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, loyiha yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan fikrlar va takliflar loyihani yanada takomillaştiriş jarayonida örganib çiqilişi ta’kidlandi.
Loyihani amalga oşirişda jamoatçilik fikri, tarixiy merosni asraş, mavjud yaşil hududlarni muhofaza qiliş va aholi uçun qulay muhit yaratiş ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Jamoatçilik eşituvida faol iştirok etgan barça fuqarolar va OAV vakillariga minnatdorlik bildiramiz!








